Ko'plab tadbirkorlar va do'kon egalari bir xil og'riqli muammoga duch kelishadi: mahsulot sifati a'lo  darajada, servis va taklif joyida, lekin Instagram sahifadan kutilgan daromad kelmaydi yoki savdo    ma'lum bir nuqtada to'xtab qoladi.

Ijtimoiy tarmoqlar shunchaki mahsulot rasmini qo'yib boradigan katalog emas. To'g'ri sozlangan     marketing mexanizmi orqali sotuvlarni bir necha barobar masshtablash mumkin. Buni premium texnika bozoridagi amaliy keysimiz misolida to'liq ko'rib chiqamiz.

1. Loyiha haqida: boshlang'ich nuqta va vazifa

Ushbu amaliy keysimiz — Apple va Dyson original texnikalarini sotish bo'yicha yetakchilardan biri      bo'lgan mashhur «_____» do'koni. ( Ofline uchrashuvda bu haqida to'liq ma'lumot bera olamiz 😉 )

Boshlanishida do'konning Instagram orqali oylik sotuv ko'rsatkichi o'rtacha $30.000 atrofida edi.       Mahsulotga talab yuqori bo'lishiga qaramay, mavjud auditoriya to'liq qamrab olinmagan, reklama             kampaniyalari va murojaatlar oqimi tizimlashtirilmagan edi. Bizning oldimizga savdo hajmini    keskin oshirish va har bir sarflangan reklama byudjetidan maksimal daromad olish vazifasi qo'yildi.

2. 6–9 oy ichida qanday natijaga erishildi?

Professional jamoa tomonidan ishlab chiqilgan yangi strategiya, sotuvchi kontent va target reklama evaziga quyidagi natijalar qayd etildi:

Reklama byudjeti: oyiga o'rtacha $5.000–6.000 atrofida sarflangan. Murojaatlar (lidlar) oqimi: mijozlardan kelgan buyurtma va xabarlar soni   kuniga 700+. Oylik savdo sur'ati: oylik $30.000 lik ko'rsatkich 6-9 oy ichida $500.000 dan oshdi. Yakuniy natija: Instagramdan keladigan oylik sotuv 16 barobardan    ko'proq o me'yorida o'sdi.

Oyiga $5.000–6.000 lik reklama byudjeti bilan oylik aylanmani $30.000 dan $500.000+ gacha olib chiqish — ya'ni   reklamaga sarflangan har $1 evaziga $80 dan ortiq sotuv. Bu to'g'ri hisoblangan raqamlar, aniq auditoriya segmentatsiyasi va mahsulotni to'g'ri taklif (offer) bilan taqdim etish samarasidir.

3. Taklifingiz yaxshi, lekin sotuvlar ko'ngildagidek emasmi?

Agar siz ham xizmat ko'rsatish yoki aniq mahsulot savdosi bilan shug'ullansangiz, assortiment va      narxlar raqobatbardosh bo'lsa-da, savdo o'smayotgan bo'lsa, muammo mahsulotda emas, balki marketing tizimida.

Har oy byudjetni tasodifiy reklamalarga sarflab natija kutish o'rniga, aniq mijozlar oqimini yo'lga       qo'yish kerak. Balance Group jamoasi bilan hamkorlikda atigi 10 kun ichida biznesingizga to'lovga     tayyor issiq mijozlar oqimini ishga tushirish mumkin.

Biznesingiz uchun bepul sotuv strategiyasiga ega bo'ling!

Biz aynan shu loyihada qo'llangan mexanizmlar asosida biznesingizda sotuvni bir necha barobarga oshirish bo'yicha bepul amaliy strategiya tayyorlab qo'ydik.

Ushbu rejada sizning sohangizdagi asosiy xatolar, mijoz jalb qilish usullari va reklama byudjetini        tejab, sotuvni oshirish yo'llari aniq ko'rsatib beriladi.

Hoziroq quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting va biznesingiz uchun tayyorlangan bepul strategiyani qo'lga kiriting!